BAT – British American Tobacco Uzbekistan
Tur 360 Kontaktlar

Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik va atrof-muhit

Mehnat salomatligi va xavfsizligi va atrof-muhit BATning barcha biznes jarayonlarining ajralmas qismi hisoblanadi

BAT Uzbekistan korxonalarida kompaniyaning barcha biznes-jarayonlari atrof-muhitga ta'sir qilish va biologik xilma-xillikni saqlash, mehnat xavfsizligi va ijtimoiy mas'uliyat kabi sohalarda xalqaro talablarga mos kelishini ta'minlaydigan Integratsiyalashgan boshqaruv tizimi (IMS) joriy qilingan.

BAT Group ekologik va sanoat xavfsizligini yaxshilash uchun yangi texnologiyalarni joriy qiladi

Mehnat xavfsizligini yaxshilash dasturlari:

  • ish joyidagi xavflarni baholash;
  • ish muhiti xavfsizligini yaxshilash;
  • mehnat sharoitlarini muntazam ravishda maxsus baholash;
  • kompaniya xodimlari va pudratchilar o'rtasida xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish;
  • mehnat xavfsizligi tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash;
  • ish joyidagi va kompaniyaning transport vositalaridagi jarohatlarni minimallashtirish dasturlari

Atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirish dasturlari:

«BAT Uzbekistan» ekologik va sanoat xavfsizligini yaxshilash uchun yangi texnologiyalarni faol joriy etadi:

  • energiya samaradorligini oshirish va karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish;
  • qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish (455 kVtquyosh energiyasi o'rnatilgan);
  • ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish va ikkilamchi xom ashyo chiqindilarini qayta ishlash hajmini oshirish;
  • atmosferaga va suv havzalariga zararli chiqindilarni kamaytirish;
  • hududlarni ko'kalamzorlashtirish va bog'larni rivojlantirish.
  • tamaki va boshqa ekinlar yetishtirishda zamonaviy tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish;
  • suvdan oqilona foydalanish (  “BAT Uzbekistan” hozirda AWS (Alliance for Water Stewardship) standartini joriy etish yo'lida) – kompaniya suv resurslarini boshqarish, shuningdek, standartni amalga oshirish uchun zarur resurslarni ajratish bo'yicha majburiyatlarni oldi)

Izchil rivojlanish va ESG tamoyillariga sodiqlik

UZBAT kompaniyasi barqaror rivojlanish yo‘lida faol harakat qilmoqda, bu bir qator muhim yutuqlar bilan tasdiqlanadi. Ikki yildan ko‘proq vaqt oldin O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan hamkorlikda sertifikatlashtirish jarayoni boshlangan edi. Natijada "O‘ZBEKGIDROENERGO" I-REC xalqaro standarti bo‘yicha sertifikatlandi. 2024-yilda UZBAT O‘zbekistonda birinchi bo‘lib yashil energiya sertifikatlarini (I-REC) sotib oldi, bu shuni ko‘rsatadiki, sotib olingan elektr energiyasining barchasi qayta tiklanadigan manbalardan olinadi va elektr energiyasidan foydalanish natijasida CO2 chiqindilarining nolga teng bo‘lishini ta’minlaydi.

Buning natijasida Kompaniya 2020-yilga nisbatan CO2 emissiyasini Scope 2 bo‘yicha nolga va umumiy generatsiya bo‘yicha ikki baravarga kamaytirdi.

Bu esa BATga Global Reporting Initiative (GRI), Sustainibale Accounting Standarts Board (SASB) va Jahon iqtisodiy forumi (WEF) kabi tizimlarda xalqaro hisobot talablariga javob berishga yordam berdi.

Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik siyosati

Samarqand filialining suvdan mas'uliyatli foydalanish majburiyati

Urgut filialining suvdan mas'uliyatli foydalanish majburiyati

Mаnfaatdor tomonlar uchun e'lon SMF UZ 2025

Mаnfaatdor tomonlar uchun e'lon UFP UZ 2025

Suvni Boshqarish Rejasi UFZ

Suvni Boshqarish Rejasi SMSF