Tur 360 Kontaktlar

Elektron sigaretalarni taqiqlash bo‘yicha UZBAT bayonoti

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida elektron sigaretalarini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilishi va qabul qilinishi munosabati bilan "UZBAT A.J." qo‘shma korxonasi (keyingi o‘rinlarda - Kompaniya) quyidagilarni ma’lum qiladi.

Elektron sigaretalar va tamaki chekishning zararini kamaytiradigan boshqa mahsulotlar (nikotinli pauchlar va qizdirilgan tamaki mahsulotlari) an’anaviy chekish bilan bog‘liq xavfni kamaytirish orqali jamoat salomatligini yaxshilash uchun muhim imkoniyatdir. Ilmiy tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, elektron sigaretalar iste’mol qilishda yonish jarayonlarining yo‘qligi tufayli an’anaviy sigaretalarni iste’mol qilishdan keladigan zararni kamaytirish bo‘yicha sezilarli salohiyatga ega.

Regulyatorlar tamaki chekishning zararini kamaytirish kontseptsiyasiga amal qiladigan mamlakatlarda (masalan Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniya) chekuvchilarning elektron sigaretalarga o‘tishi tufayli chekish darajasining barqaror pasayishi kuzatilmoqda, bu esa tanlangan yondashuvning samaradorligini tasdiqlaydi.

Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, elektron sigaretalarni taqiqlash ularning iste’molini pasaytirmaydi, balki noqonuniy bozorning paydo bo‘lishiga olib keladi, buni Braziliya va Turkiya kabi mamlakatlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin, xuddi shunday taqiqdan so‘ng noqonuniy elektron sigaretalarni iste’mol qilish darajasi har yili ortib bormoqda.

Shuningdek, 2024-yil 25-maydan kuchga kirgan nikotin pauchlar muomalasiga taqiqdan so‘ng noqonuniy, ba’zan esa kontrafakt nikotin pauchlar bozori paydo bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining misoli ham diqqatga sazovordir, ular SanQvaM No 0366-19 "Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining gigiyenik normativlari"ga muvofiqligi tasdiqlanmagan va aylanmasidan davlat byudjetiga hech qanday soliq va yig‘imlar to‘lanmaydi.

Shuni alohida ta’kidlashni istardikki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab tamaki mahsulotlarining texnik reglamenti kuchga kirdi, unda elektron sigaretalarning iste’mol qadog‘idagi tarkibi va ma’lumotlariga ko‘plab talablar belgilangan bo‘lib, bu O‘zbekistonda ushbu mahsulotning sifati va xavfsizligini to‘liq ta’minlaydi.

Bundan tashqari, qonuniy elektron sigaretalar aylanmasi davlat byudjetiga barqaror soliq tushumlarini olib keladi. 2025 yil 1 yanvardan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining tahririga ko‘ra, elektron sigaretalar uchun aksiz stavkasi 1 ml nikotinli suyuqlik uchun 200 foizga oshirilib, 2000 so‘mga yetkazildi.

"Ertaga Yaxshiroq”ni (A Better TomorrowTM) yaratish va tutunsiz dunyo yaratish bo‘yicha global maqsadimizga muvofiq, biz katta chekuvchilarni chekishga nisbatan sezilarli darajada kamroq xavfga ega bo‘lgan elektron sigaretalar kabi kamroq zararli tutunsiz muqobillarga o‘tkazishga harakat qilamiz. Voyaga yetgan iste’molchilarning qonuniy va sifatli mahsulotlardan foydalanishini cheklash zararni kamaytirish va xabardorlikni oshirishga to‘sqinlik qiladi. Shu bilan birga, kompaniyaning 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning tamaki va nikotin mahsulotlari bilan ta’minlanishini oldini olish bo‘yicha qat’iy pozitsiyasiga qaramay, jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qonuniy mahsulotlarni taqiqlash ko‘pincha noqonuniy bozorlarning ko‘payishiga va voyaga yetmaganlar o‘rtasida past sifatli tovarlarning nazoratsiz tarqalishiga olib keladi," - dedi kompaniya bosh direktori Temur Gadaybayev.

Kompaniya 21 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun elektron sigaretalar, shuningdek, tamaki va nikotin tarkibli boshqa mahsulotlardan foydalanishni to‘liq cheklash zarurligini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Bunday cheklashning umum e’tirof etilgan samarali usullari quyidagilardan iborat:

- elektron sigaretalarning 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortgan holda chakana sotilishini nazorat qilish;

- elektron sigaretalarni elektron markirovkalash va sotilishini kuzatib borishda ishlovchi tizimi;

- elektron sigaretalarning 21 yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan sotib olinish ehtimoli kam bo‘lgan chakana narxlarini keltirib chiqaradigan samarali soliqqa tortish.

Kompaniya O‘zbekiston Respublikasida elektron sigaretalar muomalasini taqiqlash niyatidan voz kechishga va taqiq o‘rniga, ayniqsa, 21 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun elektron sigaretalardan foydalanishni tartibga solish va nazorat qilishga qaratilgan muvozanatli yondashuvni joriy etishga chaqiradi. Biz umumiy natijaga erishish - jamoat salomatligini yaxshilash uchun regulyatorlar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz.

Boshqa yangiliklar

18.09.2023 Новость

AJ "UZBAT A. O." QK va Raqamliiqtisodiyot va Agrotexnologiyalar Universiteti o'zaro anglashuv Memorandumini imzoladilar

2023-yil 18-sentabrda AJ "UZBAT A. O." QK (https://bat.uz/) va Raqamli iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar Universiteti (http://www.udea.uz/) o'zaro anglashuv Memorandumini imzoladilar

03.07.2024 Новость

Kim oshdi savdosida ishtirok eting!

АЖ «УЗБАТ А.О.» қўшма корхонаси Компаниянинг фойдаланилмаётган активлари очиқ кимошди (аукцион) савдоси орқали сотилишини эълон қилади. Аукционда иштирок этиш учун сиз нарх таклифи билан ариза топширишингиз керак.

11.05.2022 Новость

Yorqin, zamonaviy, dinamik. O'zbekistonda zamonaviy BAT ofisi qanday ishlaydi.

Yorqin, zamonaviy, dinamik. O'zbekistonda zamonaviy BAT ofisi qanday ishlaydi.