Joriy yilning sentyabr oyida UZBAT kompaniyasi Samarqand viloyatida manfaatdor tomonlar bilan ikta muhim uchrashuv o'tkazdi. Samarqand multikategoriya fabrikasi va Urgut fermentatsiya zavodi maydonchalarida tashkil etilgan tadbirlar suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalarini muhokama qilishga bag'ishlandi.
Bu uchrashuvlarning asosiy maqsadi mintaqadagi suv resurslari bilan bog'liq dolzarb muammolarga e'tibor qaratish, shuningdek, suvni tejab mas'uliyatli iste'mol qilishga chaqirish edi. Tadbir ishtirokchilari Zarafshon daryosi havzasi suv resurslari sohasidagi umumiy muammolar va ularni hal etish yo'llarini faol muhokama qildilar.
Uchrashuvlarda ta'kidlangan asosiy fikrlardan biri UZBAT AWS standarti bo'yicha muvaffaqiyatli sertifikatlanganligi haqidagi xabar edi. Bu kompaniyaning tabiat oldidagi yuqori darajadagi javobgarligini va suv resurslaridan barqaror foydalanish majburiyatini ko'rsatadi.
Kompaniya tomonidan olib borilayotgan tashabbuslar uning mintaqaning ekologik muammolarini hal qilishda faol rol o'ynashga intilishini namoyish etadi va barcha manfaatdor tomonlarni muhim tabiiy resurslarni saqlash bo'yicha sa'y-harakatlarga qo'shilishga undaydi