BAT – British American Tobacco Uzbekistan
Tur 360 Kontaktlar

Talabalar uchun amaliyot dasturi

Buyuk xalqaro martaba sari birinchi qadamni tashlang. Haqiqiy biznes qanday ishlashini ko'ring, professionallar va amaliyotchilardan o'rganing. Bizga nimaga qodir ekaningizni ko'rsating. Bularning barchasi bzining yozgi amaliyotida mumkin. Biz 3-4 kurs talabalarini amaliyotda o'zlarini sinab ko'rishga taklif qilamiz.

Amaliyot dasturi

Talabalar uchun BAT Uzbekistan’da yozgi amaliyot o‘tash imkoniyati:

  • Qimmatli professional tajribaga ega bo'ling. Siz Kompaniyaning real loyihalarida ishtirok etasiz.
  • Katta xalqaro kompaniyaning ish mexanizmlarini ichkaridan o'rganing. BAT yirik xalqaro tamaki kompaniyasi hisoblanadi.
  • Yangi qiziqarli odamlar, o'z sohasidagi professionallar bilan tanishing.
  • Kompaniya xodimlarning nafaqat professional rivojlanishi uchun balki shaxsiy o'sishiga har tomonlama hissa qo'shadi.
  • O'zingizni isbotlang va doimiy ravishda kompaniyada qoling.

Majburiy talab:  3-4 bosqich universitet talabalari.

Evgeniya Аchilova

Yangi toifalar uchun brendni faollashtirish menejeri

Kompaniya xodimlarning o‘qishi va professional o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa motivatsion muhit yaratishga yordam beradi. Muhim jihatlardan biri bu korporativ madaniyat bo‘lib, u xilma-xillik va inklyuzivlikni qo‘llab-quvvatlaydi hamda turli mamlakat va madaniyatlardagi hamkasblar bilan fikr va tajriba almashish imkonini beradi.

Qudratilla Abdukarimov

Texnik xizmat ko`rsatish bo`yicha menejer

UZBATda ishlash meni qiyinchiliklarni yengishga, mas'uliyatli bo‘lishga va yosh hamkasblarni qo‘llab-quvvatlashga o‘rgatdi. Bu yerda yangi bilimlarga intilish qadrlanadi. Bu esa rivojlanish va o‘sishga yordam beradi. Agar 30 yil oldingi o‘zimga maslahat bera olsam, shunday derdim: murakkab vazifalardan qo‘rqma, har doim ishning mohiyatiga chuqurroq kir va jamoa hamda ish oldidagi mas'uliyatni unutma.

Kamila Yadgarova

Katta yurist-maslahatchi

UZBATda ishlash meni tez moslashishga va dinamik biznes muhitida vazifalarni samarali amalga oshirishga o‘rgatdi. Agar UZBATni ikki so‘z bilan tasvirlash kerak bo‘lsa, men shunday derdim: 'Ajoyib telbalik!'. Bu joy har kuni yangi chaqiriqlar olib keladi va professional o‘sishni rag‘batlantiradi.

Denis Pavlov

Machinist-regulator SMD Samarkand Multicategory Factory

Men kompaniyada 28 yildan ortiq ishlayapman. Bugun ishonch bilan ayta olamanki, men intilgan narsalarimning ko‘piga erishdim. Yillar davomida UZBAT menga barqarorlik, qo‘llab-quvvatlash va o‘sish imkoniyatlarini taqdim etdi. Va bu kompaniyadan olgan eng qimmatli narsamdir.

Amaliyot o'tish uchun ariza berish.