Tur 360 Kontaktlar

Yuridik va korporativ masalalar bo'limi

LEX (Legal & External Affairs), yoki Yuridik va korporativ masalalar bo'yicha departament - BAT Uzbekistanning dinamik tashqi muhitida paydo bo'ladigan masalalarni yaxshiroq hal etish imkonini beruvchi funksional bo'linma hisoblanadi.

LEX kompaniya strategiyasini amalga oshirishda asosiy rol o'ynaydi, yuridik masalalar, sud jarayonlari, tashqi va ichki aloqalar, xavfsizlik masalalariga muvofiqlashtirilgan yondashuvni ta'minlaydi. LEX jamoasi kompaniya brendlarini, uning tijorat manfaatlarini va korporativ obro'sini himoya qiladi.